22.02.2014 15:14
Barak Obama Kanada bosh vaziriga garovda yutqazib qo`ydi
Kanada bosh vaziri endi Barak Obamadan ikki yashik pivo kutmoqda. Sochi Olimpiadasida Kanada jamoasi AQShning ham ayollar ham erkaklar terma jamoalaridan ustun keldi. “Avval aytganimdek AQSh kuchli jamoa ammo, biz g`alaba qozondik. Intizorlik bilan ikki yashik pivoni kutib qolaman”, - deydi Xarper tvitterda qoldirgan xabarida.
Ayollar o`rtasidagi final uchrashuvida kanadaliklar 3:2 hisobida g`alaba qozonishgan edi. Kechagi erkaklar o`trasidagi yarim final uchrashuvida ham Kanada AQShni 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.