22.02.2014 16:45
Yaponiya hukumati tabiiy ofatdan jabrlanganlarga $600 mln to`laydi
Sug`urta to`lovlari tabiiy ofat oqibatida aholining sog`lig`i yoki mulkiga etgan zararni qoplaydi. Mahalliy sug`urta kompaniya mutaxassislarning aytishicha, qor tufayli to`lanadigan sug`urta puli mamlakat tarixida bu turdagi ofatda to`langan eng katta miqdordagisi bo`ladi.
Shu yilning fevral oyida Yaponiyaga kelgan kuchli, sovuq havo 30 kishining hayotiga zomin bo`ldi yana butun mamlakat bo`ylab 3000 kishi turli tan jarohatlar olishdi. Shuningdek, bu tabiiy ofat mamlakatda elektr energiyasi, havo va er trasporti harakatida to`xtalishlariga sabab bo`ldi.