my5
Sevimli

Muhammad Alining charm qo`lqopi 836,5 ming dollarga ketdi

Sport 24.02.2014, 10:18
Muhammad Alining charm qo`lqopi 836,5 ming dollarga ketdi
O`z faoliyati davomida og`ir vaznda ilk jahon chempioni nomiga sazovor bo`lgan bokschi Muhammad Alining charm qo`lqoplari auksionda 836,5 ming dollarga sotildi, bu hada Heritage Auctions auksion uyining saytida ma`lum qilingan.

Savdolar boshlanishidan avval uning qo`lqopiga yarim milliondan ko`p pul olinmasligi bashorat qilingan edi. Lot uchun kurashni 11 nafar haridor olib bordi.

O`zining og`ir vaznli boksdagi ilk jahon chempioni nomiga sazovor bo`lgan jangini Ali 1964 yilda Mayamida o`tkazgan. O`shanda Ali Kassius Kley nomida jang qilgan. 

Dunyo tarixidagi eng mashhur bokschilardan biri bo`lgan Ali og`ir vazda jahon chempioni nomini 1964 dan 1966 yilgacha, keyin esa 1974 dan 1978 yilgacha olib yurgan. U shuningdek 1960 yilda 81 kilogrammagacha vaznda olimpiya chempioni nomiga sazovor bo`lgan.

Шарҳлар