25.02.2014 10:50
Avstraliyada 7 tonnalik mango o`g`irlandi
Meva sayyohlar uchun shaharning diqqatga sazovor joylari sifatida taqdim etilgan edi. Mango tunda xech kim bo`lmagan paytda o`g`irlab ketilgan.
Qizig`i shundaki, ushbu mangoning balandligi 10 metr, og`irligi esa 7 tonnaga teng. Jinoyatchilar bunday katta mangoni qay yo`l bilan o`g`irlab ketishgani noma`lum. Hozirda shahar polisiyasi bor e`tiborini mevani topishga qaratgan.