my5
Sevimli

Rossiyalik o`smir iPad toki zarbasidan halok bo`ldi

Dunyo 25.02.2014, 16:22
Rossiyalik o`smir iPad toki zarbasidan halok bo`ldi
16 yoshli o`smir elektr tokining qisqa tutashuvi qurboniga aylandi. 

Rossiyaning Novy Urengoy shahrida maktab o`quvchisi cho`milish xonasidan o`lik holda topildi. U vannaga iPad moslamasini tushirib yuborib, elektr toki zarbasidan halok bo`ldi.

16 yoshli Aleksandrning tanasini onasi ko`rib qolgan. O`g`lining cho`milish  xonasida ko`p vaqtga qolib ketganidan havotirga tushgan ona eshikni taqilatadi, javob olmagach esa eshikni buzib kiradi. Ona kirishi bilan o`g`lining jasadi va zaryadlovchi moslamaga ulangan qimmat baho planshetini ko`radi.
   
Shifokorlar xulosasiga ko`ra Aleksandr elektr tok urishi oqibatida halok bo`lgan. Tahminlarga ko`ra, u planshetni suvga tushirib yuborgan va oqibatda qisqa tutashuv sodir bo`lgan.

Шарҳлар