my5
Sevimli

«Lokomotiv»-«Dubay Siti» - 7:0

Sport 25.02.2014, 16:49
«Lokomotiv»-«Dubay Siti» - 7:0
Birlashgan Arab Amirliklarida o`quv-mashg`ulotlarini o`tkazayotganidan «Lokomotiv» jamoasi kecha ushbu yig`in davomidagi birinchi o`rtoqlik-nazorat ucharshuvini o`tkazdi. Raqib maxalliy «Dubay Siti» klubi bo`ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Uchrashuv «temiryo`lchilar»ning to`liq ustunligida o`tdi. Dastlabki gol Salim Mustafoev hisobiga yozilgan bo`lsa, birinchi bo`limdagi qolgan ikki golni Farhod Tojiev kiritdi. Ikkinchi bo`limda boshqa tarkib bilan tushgan «Loko» yana 4 ta marta raqib darvozasini nishonga oldi. Gollarga Vyacheslav Shevchenko, Bobur Tillaboev, Aleksandr Shadrin va kichik Jasur Hasanovlar mualliflik qilishdi. Shu tariqa birinchi nazorat o`yini 7:0 hisobida jamoamizning yirik g`alabasi bilan yakunlandi.

«Lokomotiv» - «Dubay Siti» 7:0. «Jebel Ali» stadioni.

Gollar:S.Mustafoev, F.Tojiev(2 ta), V.Shevchenko, B.Tillaboev, A.Shadrin, J.Hasanov
(kich).

«Lokomotiv»1 bo`lim: I.Nesterov, S.Mustafoev, I.To`xtaxo`jaev, V.Karpenko, B.Yo`ldoshev,
L.To`raev, F.Musaev, I.Rahimov, J.Hasanov (kat), F.Tojiev, I.Nagaev

«Lokomotiv»2 bo`lim: I.Nesterov, S.Mirzaev, D.Jabborov, E.Gogol, I.Inomov, A.Holmatov,
F.Musaev, A.Kojokar, J.Hasanov (kich), A.Shadrin, V.Shevchenko.

Шарҳлар