AsosiyDunyo

Anjelina Joli suriyalik bolalar bilan ko`rishdi

Golliduvning mashhur aktrisasi Anjelina Joli Livan mamlakatiga tashrif buyurdi.

Aktrisa bu erda Suriyadan kelgan qochoqlar bilan uchrashdi.  Joli uch kun Suriyadan kelgan qochoqlarning ko`pginasi yashayotgan Beka vodiysida bo`ldi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda. 

Aktrisaning tashrifi BMTning qochoqlar bo`yicha oliy boshqarmasi komissari sifatida amalga oshirildi. Jolining tashrifi davomida uni havfsizlik xizmati xodimi jurnalistlar bilan muloqotlardan saqladi.
  
Eslatib o`tamiz,  aktrisa o`tgan yilning yozida Iordaniyadagi suriyalik qochoqlar lageriga tashrif buyurgan. O`shanda Joli dunyo mamlakatlari rahbarlarini Suriyadagi urushni to`xtatishga chorlagan.

    Boshqa yangiliklar