AsosiyDunyo

Xizmat haqini bir trillionlik kupyura bilan to`lamoqchi bo`lgan amerikalik qo`lga olindi

Dunyoning hech qaysi mamlakatida bir trillion AQSh dollariga qaytim bera olish qobiliyatiga ega do`kon yoki restoran kassasi bo`lmasa kerak.  

AQShning Samter shahri restoranlarida xizmat ko`rsatuvchi ofinsiant bu kupyurani ko`rib, sarosimaga tushdi. Bu ham etmaganday mijoz plastik kartochka bilan to`lay olmagani uchun kechirim ham so`radi. 

53 yoshli amerikalik Maykl Uilyams sevgilisi bilan  tushlik qilgani restoranga tashrif buyuradi.  Ovqatlanib bo`lgach Maykl ofisiantni o`z oldiga chaqirib, plastik kartochkasida pul qolmaganligi sababli naqd pul bilan to`lashini aytadi. Shundan so`ng u cho`ntagidan bir trillion dollarli kupyura chiqaradi.
 
Hayratga tushgan ofinsiant kassaga borishni hayoliga ham keltirmay polisiyaga qo`ng`iroq qiladi.  Voqea joyiga etib kelgan polisiya xodimlariga Maykl “trillioner” ekanligini aytadi. Buning oqibatida polisiya uni qamoqqa oldi. Uni qalbaki pul uchun emas, hukumatga hurmatsizlikda ayblashdi. 

    Boshqa yangiliklar