AsosiyDunyo

Detroyt polisiyasi 40 yil avval o`g`rilangan mashinani topdi

AQShning Detroyt shahrida 1965 yilda ishlab chiqarilgan Volswagen Kafer («Juk») avtomobili topildi. 

Ushbu mashina 1974 yil o`g`irlab ketilgan bo`lib, oradan 40 yil o`tib topildi. Mashinani kim o`g`rilagani va shuncha vaqt davomida qaerda bo`lganligi noma`lumligicha qolmoqda. Polisiya xodimlari avtomobilni chet elga ta`mirlash uchun yuborilayotgan payt uning hujjatlaridan qidiruvda ekanligi ma`lum bo`lgan. Mashinaning egasi esa avtomobilning o`g`rilanganligidan bexabar bo`lgan.

Mashinaning qonuniy egasi Jon Makdolanald jurnalistlarga uni tuzatib, keyin sotib yubormoqchi bo`lganini ma`lum qilgan. U mashina dvigateli va bir qancha qismlarini almashtirishga ham ulgurgan. Mashina avvaliga qizil rangda bo`lgan. Keyinchalik esa uni oq rangga bo`yab olishgan. 

    Boshqa yangiliklar