my5
Sevimli

Shotlandiyaning Britaniyadan ajralib chiqishi munosabati bilan yangi bayroq tayyorlanmoqda

Dunyo 26.02.2014, 14:19
Shotlandiyaning Britaniyadan ajralib chiqishi munosabati bilan yangi bayroq tayyorlanmoqda
Londonning Financial Times gazetasi Shotlandiyaning Britaniyadan ajralib chiqib ketishi munosabati bilan yangi davlat bayrog`ini taklif qildi. 

“Agar Shotlandiya yagona davlatni tark etsa, butun mamlakatni, shuningdek, bayrog`ini ham qayta ko`rib chiqishi kerak bo`ladi”,- deydi nashr. 

Gazeta yangi bayroqni eskizini chop etdi. Yangi bayroq hozirgi qo`shma qirollik bayrog`ini eslatadi. Biroq yangisi o`zgacha rangda ishlangan. Shotlandiyani anglatuvchi ko`k rang o`rniga Uelsni anglatuvchi qora-sariq rang ishlatilgan. 

Shu kungacha Uels Buyuk Britaniya bayrog`iga kiritilmagan edi. Shotlandiyaning Britaniyadan ajralib chiqishi bo`yicha referendumi shu yilning sentyabr oyida o`tkazilishi ko`zda tutilgan. Agar ovoz beruvchilarning aksariyati mamlakat mustaqilligi uchun ovoz berishsa, u holda Shotlandiya hukumatining rejasiga ko`ra, 2016 yilning 24 martidan mustaqil davlatga aylanadi.

Шарҳлар