26.02.2014 15:08
General Motors 600 mingga yaqin avtomobilni qaytarib oladi
Examiner.com portalining xabariga ko`ra, yuqorida aytilgan nosozlik sababli YTH oqibatida 7 kishi halok bo`lgan.
Shu oyning boshida kompaniya 780 mingta Chevrolet Cobalts va Pontiac G5 avtomobillarini o`t oldirish moslamasidagi nosozlik tufayli qaytarib olgan edi. Ularga endi Santurn Ion (2003-2007 yilda ishlab chiqarilgan), Chevrolet HHR, Pontiac Solstice va Saturn Sky (2006-2007 yillarda ishlab chiqarilgan) modellari qo`shildi.
Muammo shundaki, nosozlik sababli mashinalar kuchli silkinishi bilan yo`lda dvigateli o`chib, oqibatda esa mashinaning havfsizlik yostiqchasi ham ishdan chiqmoqda.