AsosiyDunyo

Uch kishini otib tashlagan amerikalik o`z joniga ham qasd qildi

AQSh polisiyasining xabar qilishicha, Illinoys shtatida istiqomat qiluvchi shaxs uch kishini, jumladan besh yoshar bolakayni otib tashlab, voqea sodir bo`lgan uyni yoqib yuborgan. So`ngra u o`z joniga ham qasd qilgan. Bu haqda ITAR-TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Voqea joyiga etib kelgan o`t o`chiruvchilar halok bo`lganlar jasadini, so`ng esa uyning garajida qotillikda gumon qilinayotgan jinoyatchining jasadi topishgan. Ma`lumotlarga ko`ra, marhumlarning barchasi bir-birlariga qarindosh bo`lishgan. 

O`t ketishi oqibatida uyning tomi qulab tushgan. Hozirda polisiya voqea sababini o`rganmoqda.

    Boshqa yangiliklar