my5
Sevimli

TOShKENTDA KVARTIRALAR NARXI 1 FOIZGA QIMMATLAShDI

Iqtisodiyot 22.11.2017, 10:09
TOShKENTDA KVARTIRALAR NARXI 1 FOIZGA QIMMATLAShDI

Poytaxt ikkilamchi kvartira bozoridagi o`rtacha narxlar oktyabrda 1 foizga qimmatlashdi.

Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o`rtacha narxlari oktyabr oyida bir oy avvalgiga nisbatan 1 foizga qimmatlashib, kvadrat metri uchun 533 dan 536 sh. b. ga qimmatlashdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga ma`lum qildi.

Oktyabr oyi yakunlariga ko`ra, g`ishtli turdagi kvartilar narxi 1 foizga oshib, 576 sh. b. dan 584 sh. b. ga etgan bo`lsa, panel turdagilari narxi o`zgarishsiz qoldi (504). Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 522 sh. b. (o`zgarishsiz), ikki xonali — 500 (-1 foiz), uch xonali — 563 (o`zgarishsiz), to`rt va undan ortiq xonali — 554 (+2 foiz).

Шарҳлар