27.02.2014 13:37
Vatikanliklar vino iste`mol qilish bo`yicha barcha rekordlarni zabt etishdi
Ekspertlar Vatikandagi har bir fuqaro Fransiya, Italiya, AQSh, Germaniya, Xitoy, Ispaniya va Buyuk Britaniya aholisidan ko`ra ko`proq vino iste`mol qilishini aniqlashdi. Har bir Vatikan aholisi yiliga o`rtacha 74 litr vino iste`mol qilishi ma`lum bo`ldi. Bu esa har yili birgina italiyalik iste`mol qiladigan vino (37,6 litr) hajmidan ikki barobar ko`pdir. Qo`shni Shveysariya aholisi esa yiliga 38 litr vino iste`mol qiladi.
Statistikaning bu sonlariga asosiy sabab deb Vatikan cherkovlarida o`tkaziladigan liturgiya marosimi, ya`ni katta ibodatlarda ushbu ichimlikning iste`mol qilinishi topildi. Ushbu statistika sonlarining yuqoriligining yana bir sababi Vatikanda keksa yoshdagi kishilarning yashashidir.
Ammo kaliforniyalik tadqiqotchilar ushbu sonlarga boshqa sabablar bor deb hisoblashmoqda. Ularning fikricha, Vatikan supermarketlarida vino savdosidan olinadian soliq boshqa mamlaktlarnikidan past hisoblanadi.