AsosiyDunyo

Kolumbiya savdo markazi portlatildi

Kolumbiyada savdo markazi portlashi oqibatida 4 kishi halok bo`ldi yana 10 kishi jiddiy yaralandi.
 
Voqea mamlakatning g`arbida joylashgan Kibdo shahrida yuz berdi. Bu haqda Ntv.ru nashri xabar bermoqda. Portlovchi moslama bino ichida qoldirilgan, uning kuchi bir kilogramm trotil ekvivalentini tashkil qilgan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, bombani mobil telefon orqali motosiklda kelgan noma`lum shaxslar portlatishgan. Oqibatda supermarketning uch nafar xodimi va savdo markaz egasining qizi halok bo`lgan. 

Hozirda voqea joyida polisiya ish olib bormoqda. Tergovchilar qo`poruvchilik tashkilotchilarining shaxsini aniqlashmoqda.

    Boshqa yangiliklar