AsosiyDunyo

Dunyodagi eng baland binoga o`tgan yili 1,87 million kishi tashrif buyurdi

Dubaydagi Burj Xalifa binosi dunyodagi eng baland imorat hisoblanadi.

O`tgan yili ushbu binoga 1,87 million kishi tashrif buyurgan. Bu haqda  Emirates24/7 nashri xabar beradi.  

124-qavatdagi At the top maydoniga tashrif buyuruvchilarning soni 2012 yilga nisbatan 13 foizga o`sgan.

Tashrif buyuruvchilarning ko`pchiligi sayyohlar bo`lib, ulardan 23% Germaniya, 15% Buyuk Britaniya, 11% Rossiya va Hindiston fuqarolaridir.
 
Burj Xalifaning balandligi 830 metrga teng. Bino 5 yil davomida qurilgan bo`lib, uning qurilish ishlari 2010 yilda tugatilgan.   

    Boshqa yangiliklar