Sevimli

MAMLAKAT MADANIY HAYoTIDAGI MUHIM QISM

Madaniyat 23.11.2017, 10:02
MAMLAKAT MADANIY HAYoTIDAGI MUHIM QISM

28-29 noyabr kunlari Toshkentda o`tadigan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumiga tashrif buyuradigan mehmonlarning mazkur loyiha haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashamiz...

Aleksandr Vilgelm, «Mueller & Shindler» nashri vakili: — Tashkilotimiz nomidan mazkur muhim anjumanga taklif etishgani uchun o`z minnatdorchiligimni izhor etaman. Ayniqsa, bebaho qadimiy qo`lyozmalarning faksimile nusxalari loyihasidagi ishtirokimizni ta`minlaganingiz uchun bag`oyatda shodmiz. Mazkur dunyo miqyosidagi nufuzli loyiha zamirida o`zbek xalqining buyuk merosini o`rganish, uni kelajak avlodga qoldirish va xalqlar o`rtasidagi do`stona munosabatni saqlashga xizmat qilishiga ishonchim komil. Loyiha ishtirokchilarini dunyo miqyosidagi madaniyatni qo`llab-quvvatlashdagi bebaho xizmati uchun ham alohida tashakkur!

Шарҳлар