28.02.2014 12:28
MXA foydalanuvchilarni vebkameralar orqali kuzatishgan
Olingan tasvirlarni ular o`z serverlarida saqlashgan. Bu haqda Guardian nashri xabar bermoqda.
Britaniya nashriga Optic Nerve dasturi haqida Edvard Snouden so`zlab bergan. Uning qo`liga 2008-2010 yillardagi suratlar kelib tushgan. Snoudenning so`zlariga ko`ra, Britaniya maxsus xizmati har 5 daqiqada videochatlardan skrinshotlarni yuklab olishgan.
Qizig`i, faqatgina Yahoo! kompaniyasining videochatlari kuzatilgan. Nashrning yozishicha, 2008 yili yarim yil ichida GCHQ 1,8 mln skrinshot yuklab olgan.
Kuzatuv butun dunyo bo`ylab amalga oshirilgan. Britaniyaliklar ma`lumotlarni faqatgina AQShga taqdim etishgan. AQSh maxsus xizmati barcha kerakli bo`lgan hujjatlarni okean ortidagi hamkasblaridan olishgan.
Yahoo! kompaniyasi vakillari kuzatuv haqida xabarlari yo`qligini aytishdi. Ularning so`zlariga ko`ra, AQSh va Britaniya josuslarining kuzatuvlariga yo`l qo`yib bo`lmaydi.