AsosiySiyosat

​PAN GI MUN: “O`ZBEKISTONNING IChKI VA TAShQI SIYoSATDAGI YaNGI TAShABBUSLARINI QO`LLAB-QUVVATLAYMAN”

'​PAN GI MUN: “O`ZBEKISTONNING IChKI VA TAShQI SIYoSATDAGI YaNGI TAShABBUSLARINI QO`LLAB-QUVVATLAYMAN”'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davom etmoqda.

Bugun O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev o`zi uchun ajratilgan qarorgohda BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Munni qabul qildi.

MA`LUMOT UChUN:

Pan Gi Mun – BMTning 8-chi Bosh kotibi (2007-2016), taniqli siyosatchi, Xalqaro olimpiya qo`mitasi etika komissiyasi raisi.

O`zbekiston Prezidenti bilan uchrashuvdan so`ng Pan Gi Mun intervyu berdi.


«Koreya Respublikasida davlat tashrifi bilan bo`lib turgan Prezident Shavkat Mirziyoev bilanuchrashganimdan bag`oyat xursandman. Bugun Koreya vaO`zbekiston o`rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi munosabatlarda yangi yondashuvlarga guvoh bo`layapman. O`zbekiston rahbarining mazkur tashrifi muvaffaqiyatli o`tmokda.
Men bu o`rinda O`zbekistonning yalpi ichki mahsuloti muttasil o`sib borayotganini e`tirof etmoqchiman. Ma`lumki, O`zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishida, shuningdek iqlim o`zgarishlari va atrof muhit muhofazasi masalalariga yondashuvlarda ham juda muhim rol o`ynaydi. Shavkat Mirziyoevning hududdagi tinchlik va xavfsizlikni ta`minlashdagi tashabbuslari muhim ahamiyatga ega. O`zbekistonning ichki va tashqi siyosatdagi yangi tashabbuslarini qo`llab-quvvatlayman. BMT bosh kotibi sifatida faoliyat olib borayotganimda Orol muammosi va hududdagi ekologik vaziyat bilan yaqindan tanishganman va bu global ekologik muammo haqida ko`p bora ta`kidlaganman. Bugun ham global iqlim o`zgarishlariga bag`ishlangan xalqaro konferensiyada jamoatchilik e`tiboriga Orol muammolari bo`yicha o`z tahlillarimni havola etdim.
Shu jihatdan, hozir BMTning sobiq bosh kotibi sifatida ham mazkur masalalar bilan shug`ullanishda davom etishimni bildirmoqchiman.
O`ylaymanki, ushbu muloqotlar nafaqat ikki davlat o`rtasidagi munosabatlarda, balki mintaqa hayoti va xalqaro ahamiyatga ega muzokaralarda ham davom etadi»

    Boshqa yangiliklar