13

​«HIGH TECH CITY»: SEULDA TOShKENT ShAHRIDA 60 GEKTARDAN ORTIQ MAYDONDA KO`P FUNKSIONAL MAJMUA TAShKIL ETISh BO`YIChA QO`ShMA LOYIHA IMZOLANDI

Siyosat 24.11.2017, 10:42
2992
​«HIGH TECH CITY»: SEULDA TOShKENT ShAHRIDA 60 GEKTARDAN ORTIQ MAYDONDA KO`P FUNKSIONAL MAJMUA TAShKIL ETISh BO`YIChA QO`ShMA LOYIHA IMZOLANDI

2017 yil 22 noyabr Seul shahrida O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi oliy darajadagi rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi va «POSCO-Daewoo» korporasiyasi o`rtasida «High Tech City» deb nomlangan yangi ma`muriy-maishiy majmuani barpo etish bo`yicha qo`shma loyihani amalga oshirish to`g`risida shartnoma imzolandi.

Loyiha doirasida Toshkent shahrida umumiy maydoni 60 gektardan ortiq maydonda ko`p funksional majmuani tashkil etish rejalashtirilgan. Xususan, ultra-zamonaviy uslubni o`zida uyg`unlashtirish bilan birga, yuqori texnologiyalarni (shu jumladan, «aqlli» energiyani tejovchi texnologiyalar, binolarni avtomatlashtirish va boshqalar.) qo`llagan holda nozik did bilan ofis binosi, savdo va ko`ngilochar maydonchalar, turar joylar va parkl zonalari qurilishi rejalashtirilgan.

Hozirgi vaqtda Investisiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi va «POSCO-Daewoo» kompaniyasi vakillari tomonidan tashkil etilgan qo`shma ishchi guruhi ushbu loyihani amalga oshirish bo`yicha umumiy konsepsiyani ishlab chiqmoqda va «High Tech City» majmuasini kelajakda joylashtirish mumkin bo`lgan variantlarini ko`rib chiqmoqda.

ESLATIB O`TAMIZ: «POSCO-Daewoo» (po`lat ishlab chiqaruvchi yirik “POSCO” kompaniyasi sho``ba korxonasi) xalqaro savdo va investisiya kompaniyasi bo`lib, nafaqat Koreya, balki xalqaro bozorda katta tajribaga ega developer va qurilish sohasidagi loyihalar tashkilotchisi hisoblanadi. Yangon shahri va Myanmada qurilgan 343 xonalik besh yulduzli mehmonxona, 315 xonadon va banket zaliga ega bino kompaniya tomonidan yaqinda amalga oshirilgan loyihalar qatoriga kiradi. Shuningdek, shu kabi mehmonxona majmualari Vetnam, Xitoy va Bolgariyada ham qurilgan.

Шарҳлар