my5
Sevimli

TOShKENTDA MILLIY MUSIQA OQShOMI BO`LIB O`TADI

Madaniyat 24.11.2017, 10:50
TOShKENTDA MILLIY MUSIQA OQShOMI BO`LIB O`TADI

28-29 noyabr kunlari Toshkentda bo`lib o`tadigan "Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media- forumi doirasida milliy musiqa oqshomi ham o`tkaziladi. Unda san`at ustalari o`zbek folklori namunalaridan ijro etishadi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari YuNESKOning og`zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonalari ro`yxatiga kiritilgan milliy o`zbek mumtoz maqomlari namunalaridan ham bahramand bo`lishadi.

Kechada “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumining “O`zbekiston musiqiy merosi Rossiya to`plamlarida” deb nomlangan yangi VI jildi videorolik bilan birga taqdim etiladi.

Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburg shahridagi Rus adabiyoti instituti (Pushkin uyi) fondlarida saqlanayotgan noyob arxiv audioyozuvlari bu kechada ilk bor eshittiriladi. Bu ohanglar o`tgan asrning 20-yillarida ilk bor rossiyalik mutaxassislar tomonidan fonograf qurilmasi yordamida yozib olingan. Ushbu kolleksiya qarib yuz yildan beri Rossiyada saqlanadi. Ayni paytda bu yozuvlarning barchasi o`rganilib, raqamli formatga o`tkazilgan. Oqshomda ushbu kolleksiyaning videotalqini ham havola etiladi.

Шарҳлар