Му5
13

O`zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasida bo`ldi

Siyosat 24.11.2017, 15:02
1081
O`zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasida bo`ldi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyun bilan uchrashdi.

Spiker davlatimiz rahbarini qutlar ekan, Janubiy Koreya va O`zbekiston o`rtasidagi do`stlik va strategik munosabatlarni yanada mustahkamlash keng

ko`lamli hamkorlikni kengaytirishda muhim o`rin tutishini ta`kidladi.

Joriy yil 26 sentyabr kuni Toshkentda bo`lib o`tgan muzokaralarda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish, mazkur yo`nalishdagi aloqalarni yanada kengaytirish borasida muhim kelishuvlarga erishilgan edi. O`sha uchrashuvning mantiqiy davomi bo`lgan bugungi muzokaralar o`zaro ishonch va samimiy ruhda o`tdi.

Prezidentimiz Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi faoliyati bilan tanishdi.

Шарҳлар