Rossiya Federasiyasining Ukraina hududiga kirishiga nisabatan "Katta sakkizlik" davlatlari o`z munosabatini bildirdi.
Ular joriy yilning iyun oyida Sochi shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan G8 sammitiga tayyorgarlik ishlarini to`xtatishga qaror qilishdi.
Oq uy G7 davlatlari (Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh) Sochida bo`lib o`tishi kerak bo`lgan Katta sakkizlik sammitiga tayyorgarlik ishlarini to`xtatgani haqida xabar berdi.
G8 muzokalarni boshlay oladigan nuqtaga kelmaguncha, biz iyun oyida Sochida o`tadigan sammitga tayyorgarlik bo`yicha o`z faoliyatimizni to`xtatishga qaror qildik , - deyiladi Oq uy tomonidan taqdim etilgan G7 bayonotida.
Shuningdek, G7 Ukrainaga Xalqaro valyuta jamg`armasi tomonidan mamlakatga kredit va boshqa tomonlama yordam berishga tayyor ekanligini ma`lum qildi.