my5
all

UMUMIY QIYMATI 10 MILLIARD AQSh DOLLARIDAN ORTIQ 60 DAN ZIYoD HUJJAT IMZOLANDI

Siyosat 25.11.2017, 09:34
1487
UMUMIY QIYMATI 10 MILLIARD AQSh DOLLARIDAN ORTIQ 60 DAN ZIYoD HUJJAT IMZOLANDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi har tomonlama samarali bo`ldi. Uchrashuvlarda yirik investisiyaviy loyihalarni moliyalashtirish, iqtisodiyot, energetika, moliya, sarmoya, yuqori texnologiyalar kabi sohalardagi hamkorlikni yanada faollashtirish, o`zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, gumanitar aloqalarni kengaytirish, vazirliklar va idoralararo hamkorlikni mustahkamlashga doir masalalar muhokama qilindi.

Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarga oid umumiy qiymati 10 milliard AQSh dollaridan ortiq 60 dan ziyod hujjat imzolandi. Shundan 4,5 milliard dollari to`g`ridan-to`g`ri investisiyalardir.

Шарҳлар