my5
Sevimli

ROSSIYa MILLIY KUTUBXONASI LOYIHAGA O`ZIGA XOS HISSA QO`ShISh ISTAGIDA

Madaniyat 27.11.2017, 12:13
ROSSIYa MILLIY KUTUBXONASI LOYIHAGA O`ZIGA XOS HISSA QO`ShISh ISTAGIDA

Ertaga — 28 noyabr kuni Toshkentda “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumiga start beriladi. Biz esa yurtimizga tashrif buyuradigan mehmonlarning mazkur loyiha haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashamiz...

Alekseev Aleksey Ivanovich, Rossiya Milliy kutubxonasi qo`lyozmalar bo`limi boshlig`i (Sankt-Peterburg).

“O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o`rtasidagi ko`prik” loyihasi o`z ko`lami bilan barchani lol qoldiryapti. Dunyo muzeylarida saqlanayotgan O`zbekistonning madaniy boyliklarini to`plash va o`zbek xalqining madaniy ijodining xilma-xilligini aks ettiruvchi ajoyib albomlar ko`rinishida taqdim etilishi loyiha mualliflari yangidan yangi marralarni zabt etishda ilhomlantirayotgan bo`lsa ajabmas.

Rossiya Milliy kutubxonasining ushbu ajoyib loyihaga qo`shgan hissasi “XV–XVI asrlarda kitob san`atidagi Alisher Navoiyning asarlari” bo`ladi. Muvaffaqiyatli hamkorlikni davom ettirishga umidvor bo`lib, loyihani omadli amalga oshirishlarini tilayman!

Шарҳлар