my5
Sevimli

YuRIY SAVChENKO: "SAN`AT ASARLARINI YaRATGAN EL BU DURDONALARNI O`Z YuRTIDA SAQLAShGA HAQLI"

Madaniyat 28.11.2017, 15:43
YuRIY SAVChENKO: "SAN`AT ASARLARINI YaRATGAN EL BU DURDONALARNI O`Z YuRTIDA SAQLAShGA HAQLI"

“O`zbekiston madaniy merosi” media-loyihasi haqida Ukrainaning O`zbekistondagi elchisi Yuriy SAVChENKO:

— Loyiha juda ajoyib tashkillashtirilgan. Ko`plab davlatlarda o`z madaniy boyligining ro`yxati ham yo`q. Ko`pgina davlatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklar hatto ko`rgazmalarga ham qo`yilmaydi. Menimcha, san`at asarlarini yaratgan el bu durdonalarni o`z yurtida saqlashga haqli. Asl nusxasini bo`lmasada, zamonaviy texnologiyalar bilan yaratilgan nusxasini saqlashi lozim.

O`zbekiston dunyoning turli burchaklarida saqlanayotgan o`z madaniy boyliklari ro`yxatini tuzishga kirishgani va noyob durdonalardan nusxa ko`chirishga erisha olganining o`zi ham o`zbek xalqi uchun katta yutuq.

Ushbu loyihaning barcha ijodkorlarini ushbu yutuqlari bilan tabriklayman Ukraining markaziy kutubxonalarida ham o`zbek milliy boyliklari bilan tanishish imkoniyati yaratilgani uchun o`z minnatdorchiligimni bildiraman.

Dilfuza Sobirova. Foto: Islom Ro`ziev


Шарҳлар