my5
Sevimli

​ALEKSANDR VILGELM: “O`ZBEK XALQIGA TEGIShLI MEROSNING O`Z VATANIGA QAYTARILIShI YO`LIDA QILINGAN SA`I-HARAKATLARNI YuKSAK BAHOLAYMAN”

Madaniyat 28.11.2017, 17:19
​ALEKSANDR VILGELM: “O`ZBEK XALQIGA TEGIShLI MEROSNING O`Z VATANIGA QAYTARILIShI YO`LIDA QILINGAN SA`I-HARAKATLARNI YuKSAK BAHOLAYMAN”

Bugun Toshkentda “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” nomli xalqaro media-forum ish boshladi. Media-forumninng muhim tadbirlaridan biri bu — turli sabablarga ko`ra O`zbekiston hududidan olib chiqib ketilgan va xorijda saqlanayotgan qo`lyozmalar, ya`ni “Katta Langar Qur`oni”, Sulton Husayn Boyqaroning devoni “Devoni Husayniy”, “Ravzat us-safo”, “Me`rojnoma”, “Temur tuzuklari”ning faksimile nusxasi O`zbekiston hukumati va xalqiga topshirilishidir.

Ushbu qo`lyozmalarning bebaho faksimile nusxasi manuskriptlarni nashr etishda katta tajribaga ega mashhur Evropa tipografiyasida nashr etildi. Ular asl nusxasiga yaqin qog`oz ko`rinishida tilla suvi yugurtirilib hosil qilindi. Nusxalar shu darajada hashamdorki, ularni asl haqiqiy kitobdan farq qilish qiyin. Mazkur tarixiy jarayonda ishtirok etgan Avstriyaning “Mueller & Schindler” nashriyoti vise-prezidenti Aleksandr Vilgelm shunday deydi:

— Bugun o`tkazilayotgan yirik va muhim media-forumda ishtirok etayotganimdan juda baxtiyorman. O`zbek xalqiga tegishli merosning o`z vataniga qaytarilishi yo`lida qilingan ushbu sa`i-harakatlarni yuksak baholayman. “O`zbekiston madaniy merosi” loyihasida qadimiy qo`lyozmalarning faksimile nusxalarini yaratuvchisi sifatida qatnashyapman. Bizning nashriyotimiz qadimiy qo`lyozmalarning faksimile nusxalarini yaratish bilan shug`ullanayotganiga 50 yildan oshdi. Qadimiy qo`lyozmalar axborot tarqatishda muhim o`rin tutadi. Shu bois bunday “axborot tashuvchilar” yuqori sifatda tayyorlangan, qimmatbaho materiallar bilan bezatilgan. Ularni yaratishda eng yaxshi rassomlar ishlashgan. Qo`lyozmalarning faksimile nusxalarini yaratishda ham professional rassomlarni jalb etish, ularga ehtiyotkorkorlik bilan munosabatda bo`lish talab etiladi. Nashriyotimizda, shuningdek, qo`lyozmalarning raqamli formati ham tayyorlanadi. Bular xalqning madaniy merosini saqlashda katta yordam beradi. O`zbekistonda ham bu borada qilinayotgan ishlarni e`tirofga loyiq, deb hisoblayman.

Munisa ALIEVA

Fotograf: Omil HAKIMOV

Шарҳлар