Sevimli

O`ZBEKISTON VA QIRG`IZISTON BOSh VAZIRLARI TELEFON ORQALI MULOQOTDA BO`LIShDI

Siyosat 08.12.2017, 08:24
O`ZBEKISTON VA QIRG`IZISTON BOSh VAZIRLARI TELEFON ORQALI MULOQOTDA BO`LIShDI

Qirg`iziston Bosh vaziri matbuot xizmati xabariga ko`ra, Abdulla Aripov va Sapar Isaev muloqotda ikki mamlakat hamkorligiga oid turli masalalarni muhokama etishdi.

Jumladan, savdo-iqtisodiy sohada shu kungacha ikki davlat rahbarlari o`rtasida erishilgan natijalarni yanada kengaytirish va rivojlantirishga alohida e`tibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiy aloqalar rivojida O`zbekiston Respublikasi bilan Qirg`iziston Respublikasi o`rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha hukumatlararo komissiya muhim o`rin tutmoqda. Mazkur komissiyaning hamraislari sifatida ikki mamlakat Bosh vazirlari belgilangani tomonlarning o`zaro hamkorlikni rivojlantirishga yuksak e`tiboridan dalolat beradi.

Шарҳлар