Sevimli

SAYFULLO SOIPOVNING O`ZBEKISTONDAGI MOL-MULKI MUSODARA ETILADI

Jinoyat 09.12.2017, 18:18
SAYFULLO SOIPOVNING O`ZBEKISTONDAGI MOL-MULKI MUSODARA ETILADI

AQSh sudining qaroriga ko`ra, Soipovning O`zbekistondagi ota-onasi yashayotgan uyi hamda unga tegishli 2 ta firmasi, shuningdek, AQShda xotini va 2 nafar farzandi yashayotgan uyi musodara qilinadi. Bu haqda «Life.ru» nashriga asoslanib, Ppodrobno.uzma`lum qilmoqda.

“Qalampir.uz” saytining yozishicha, Soipov avtomobilni aybsiz kishilar ustiga urib yuborib, o`zgalar hayotiga shafqatsizlarcha munosabatda bo`lgan. Uning xatti-harakatining og`irligini inobatga olib, javobgar o`zining AQSh hududidagi va boshqa davlatlardagi barcha mol-mulkiga bo`lgan huquqini AQShga berishi kerak.

Bu talabnomada, uning mol-mulkiga teng miqdoragi pul mablag`i to`lanishi talab qilingan. Soipov o`zining Nyu-Yorkda amalga oshirgan teraktiga kamida bir yil davomida tayyorlangan. Uning telefonida IShID harakatiga qarshi chiqqanlarning qatl qilinishi to`g`risidagi videolar topilgan.

U AQShda FQB (federal qidiruv byurosi) kuzatuvidagi shaxslar bilan uchrashgan. Uning qoldirib ketgan avtomobilida esa, pichoq va elektroshokerlar ham topilgan.

Soipovning xotini Nozimaning guvohlik berishicha, u turmush o`rtog`ining rejalaridan bexabar bo`lgan. Hozirgi vaqtda u tergov bilan hamkorlik qilmoqda. Endi bu oila boshlig`ining ishlab topgan mol-mulki, musodara qilinishi mumkin.

Ular so`nggi yillarda Nyu-Jersi shtatida, Nyu-Yorkdan uzoq bo`lmagan joyda g`ishtdan qurilgan, bir necha xonadan iborat shinamgina uyda yashashgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillariga uning uyidan turli qog`ozlar, Soipovga tegishli bo`lgan buyumlarni olib ketishi uchun mikroavtobus zarur bo`lgan.

Soipov 2010 yilda AQShga kelgandan buyon, ikkita transport kompaniyasi tashkil qilgan. Bittasi yuklarni tashishga, ikkinchisi xususiy taksi xizmati ko`rsatishga ixtisoslashgan bo`lgan. Endi bu kompaniyalarnnig ham mol-mulki musodara qilinadi.

Bundan tashqari, FQB Soipovlar oilasining O`zbekistondagi mol-mulkiga asosiy e`tiborni qaratishmoqda. Agar, O`zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari amerikalik hamkasblarining talablarini qondirishsa, Soipovning ota-onasi ham o`z uylaridan ajralib qolishi mumkin. Uning otasi uzoq yillar davomida bozorda savdo qilganligi aytiladi, shuningdek, ushbu oilaning Toshkent shahrida hashamatli hovlisi bor ekanligi ham aytilgan.

O`z oilasi, ota-onasiga shuncha aziyat etkazganiga qaramasdan, Soipov o`z qilmishidan aslo pushaymon emas. U o`z aybini tan olishdan bosh tortib, kasalxonadagi palatasiga IShIDning bayrog`ini keltirib qo`yishni talab qilgan. Xorijiy internet nashrlari xabariga ko`ra, sud mahkamasining keyingi yig`ilishi 2018 yil yanvar oyi oxiriga belgilangan.

Шарҳлар