AQShning Filadelfiya shahri aeroportida US Airways kompaniyasi yo`lovchi layneri halokatga uchradi.
Noma`lum sabablarga ko`ra, samolyotning old shassi ustuni sinib ketgan. Buning oqibatida samolyot uchish-qo`nish yo`lidan chiqib ketgan va burni bilan erga qulagan. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra, hech kim jarohat olmagan.
Samolyot bortidagi yo`lovchilar qutqaruv trapi orqali evakuasiya qilingan. Uchish-qo`nish yo`li esa vaqtincha yopib qo`yilgan.