Aloqa sun`iy yo`ldoshlari yo`qolgan "Boeing-777-200"ning kuchsiz elektron signallarini ushladi. Ammo ushbu signallar orqali samolyotning qaerda va qay ahvolda ekanligini aniqlashning imkoni bo`lmayapti. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
ITAR-TASS xabariga ko`ra, signal nosozlik qidiruv tizimidan chiqqan, biroq to`liq texnik ma`lumot olishning iloji bo`lmagan.
Eslatib o`tamiz, 8 mart kuni Malayziya aviakompaniyasiga tegishli bo`lgan samolyot parvozga chiqqanidan ikki soat o`tib, sirli tarzda g`oyib bo`lgan. Boeing bortida 14 mamlakatdan 239 kishi bo`lgan. Laynerning qidiruv ishlarida Malayziya, Xitoy, Singapur, Vetnam, Filippin, Indoneziya, Hindiston hamda AQSh kema va samolyotlari ishtirok etmoqda.