Sevimli

O`RTAChIRChIQ TUMANIDA QIZNI BOG`ICh BILAN O`LDIRIShDA GUMON QILINAYoTGAN ShAXS UShLANDI

Jinoyat 09.12.2017, 22:55
O`RTAChIRChIQ TUMANIDA QIZNI BOG`ICh BILAN O`LDIRIShDA GUMON QILINAYoTGAN ShAXS UShLANDI

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tezkor sa`y-harakatlar natijasida viloyatning O`rta Chirchiq tumanida sodir etilgan dahshatli qotillik fosh etildi.

Xususan, 1998 yilda Xorazm viloyatida tug`ilgan D.A. ism-sharifli qizning murdasi shu yilning 19 noyabrida O`rta Chirchiq tumani Qorasuv hududidagi ariq ichidan topilgan. Sud-ekspertiza tahlillari qiz bog`ich bilan bo`g`ib o`ldirilganini ko`rsatgan.

Shundan so`ng, tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida qotillikda gumon qilinayotgan shaxs aniqlanib, ushlangan. U 1990 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan va kirakashlik bilan shug`ullanuvchi X.A. ekani ma`lum bo`lgan.

Ayni vaqtda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi, ya`ni qasddan odam o`ldirish jinoyati alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlarini viloyat prokuraturasi olib bormoqda. Qotillikda gumondorning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi ham tekshirilmoqda.

Шарҳлар