AsosiyHi-tech

“QUYoSh ENERGIYaSINI JAMLOVChI VELOSIPED”

'“QUYoSh ENERGIYaSINI  JAMLOVChI VELOSIPED”'ning rasmi

Qisman yoki to`liq quyosh energiyasini jamlovchi velosipedlar harakati va undan hosil bo`lgan bepul elektr energiyasidan foydalanish tobora ommalashib bormoqda...

Bu ixtiro orqali endi velosipedlar ham elektr energiyasini ishlab chiqara oladi va o`z-o`zini bemalol elektr energiyasi bilan ta`minlay olishadi. Buning uchun old g`ildirak atrofiga quyosh batareyalari yoki panellari kifoya. Solar Application kompaniyasi ixtirochisi Mark Pitersning ta`kidlashicha, “biz velosipeddan kun davomida yoki bir marotaba foydalanganimizda elektr energiyasini ishlab chiqara olamiz. Ammo buning uchun velosipeddan foydalanish shart emas, faqat unga quyosh nurlari tushib tursa bo`lgani. Siz velosiped bilan o`qishga yoki biror yumush bilan ko`chaga, masalan, savdo qilish uchun do`konga chiqsangiz, siz do`kondan xarid qilguningizcha velosipedingiz elektr energiyasini to`plab turadi. Bu albatta talabalarga juda qo`l keladi”. Siz ishlab chiqarilgan elektr orqali telefo­ningizni quvvatlantirishingiz, velosipedchiroqlarini yori­tishda va boshqa ko`plab maqsadlarda foydalanishingiz mumkin.

— Biz talabalar bilan ishlagan holda mazkur loyihani nihoyasiga etkazishga muvaffaq bo`ldik. Bugun Niderlandiya aholisi velosipedlarsiz hayotlarini tasavvur eta olishmaydi. Bu ixtiro esa ularga Solar Application Lab kompaniyasi ixtirochilaridan sovg`a, — deydi Mark Piters.

Bu ixtiro ayniqsa bizning serquyosh o`lkamiz uchun ham ayni muddao ekan. Shunday emasmi?

    Boshqa yangiliklar