Yakshanba kuni Qrimda muxtoriyatning yangi maqomga o`tishi to`g`risida referendum bo`lib o`tdi.
Referendumda qatnashganlarning 95,7 foizi Qrimning Rossiya Federasiyasi tarkibiga qo`shilish uchun o`z ovozini berdi.
“Qrimdagi referendum natijalari hech qachon AQSh va halqaro birlashmalar tomonidan tan olinmaydi”, - deya AQSh prezidenti Barak Obamaning so`zlaridan iqtibos keltirmoqda ITAR-TASS axborot agentligi Oq uy matbuot xizmatiga tayangan holda. Bu so`zlarni AQSh prezidenti Rossiya Federasiyasi rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot paytida aytgan.
O`z navbatida Vladimir Putin Qrimda bo`lib o`tgan referendum xaqqoniy va qonuniy bo`lib, BMTning barcha ustav hamda halqaro qoidalariga javob berishini aytgan.
Shuningdek, yarim orol aholisiga o`z istaklari bilan ovoz berishi ta`milanganini alohida ta`kidlab o`tdi. Ikki davlat rahbarlari mamlakatlar tomonidan Ukrainadagi vaziyatga berilayotgan turli xil baholarga qaramay, Ukrainadagi vaziyatni yaxshilash yo`llarini qidirish fikrida to`xtadi.