Sevimli

​XORAZMLIK QIZLARNI ABU-DABIGA FOHIShALIKKA YuBORMOQChI BO`LGAN “ODAMFURUSh” AYoL HIBSGA OLINDI

Jinoyat 12.12.2017, 17:19
​XORAZMLIK QIZLARNI ABU-DABIGA FOHIShALIKKA YuBORMOQChI BO`LGAN “ODAMFURUSh” AYoL HIBSGA OLINDI

Xorazm viloyati huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlari davomida odam savdosi jinoyatiga qo`l urgan ayolning qilmishiga chek qo`yildi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB xabar qildi.

Z.Ismayilov, mayor, viloyat IIB xodimi:

— Urganch shahrida yashovchi, 1983 yilda tug`ilgan A.B. Xorazmlik qizlardan kelgusida BAAning Abu-Dabi shahrida shahvoniy maqsadlarda foydalanib boylik orttirish maqsadida, tanishi, bugungi kunda Birlashgan Arab Amirliklarida yashayotgan, o`zbek millatiga mansub ayol bilan jinoiy til biriktirib, 2017 yilning noyabr oyida Urganch shahrida yashovchi, 1994 yilda va 1998 yilda tug`ilgan qizlarni aldov yo`li bilan “Urganch-Moskva-Dubay” yo`nalishida jo`natishga tayyorlayotganida kirdikorlari fosh etildi. Ayollik nomiga dog` tushirib, “odamfurush”likka qo`l urgan, A.B.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.
Shu o`rinda, fuqarolarimizdan xorijda pul topaman deb, nafsiga qul kimsalarning domiga tushib qolmang deymiz.

Шарҳлар