Bu qizaloq “Rapunsel” multfilmi qahramoni kabi oltindek sap-sariq va uzun sochlarga ega. 6 yoshli Sofi Fildxaus sochlarini erga tekkuncha o`stirmoqchi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Biroq tanganing ikkinchi tomoni bor deganlaridek, bu qizning ham o`ziga yarasha dardi bor. Sofi diabetning kam uchraydigan tug`ma giperinsulinizm turi bilan kasallangan. Kasallik tufayli qizchaning qonidagi qand miqdori juda ham past. Qiz qabul qiladigan dori esa uning sochlarini juda tez o`stiradi.
Sofi ushbu hastalikka uchragan dunyodagi 50 ming kishidan biridir.