Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydonigatashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo`lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo`ydi.
Mamlakatimizning bosh maydonida qad rostlagan Mustaqillik va ezgulik monumenti O`zbekiston tanlagan yo`l – mustaqillik, tinchlik va taraqqiyot timsolidir. Ushbu monument teran ma`no-mazmuni, g`oyaviy-badiiy echimi bilan O`zbekistonning tinchliksevar siyosatini, xalqimizning bunyodkorlik va farovonlik yo`lidagi ezgu intilishlarini o`zida ifoda etadi.
Sooranbay Jeenbekov Mustaqillik maydoni tinchlik, do`stlik va ezgulikni targ`ib qilishda, o`zbek xalqining buyuk kelajakka ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega me`moriy majmua ekanini alohida ta`kidladi.