O`zi uchun vertolyot yasayotganini ko`rgan xitoylikning do`stlari bu temir hech qachon uchmasligini aytishgan edi. Biroq 52 yoshli fermer do`stlariga o`z qobiliyatini namoyish etish uchun ham bu ish bilan jiddiy shug`ullandi hamda vertolyot yasashni ohiriga etkazdi, deya xabar bermoqda The Daily Mail nashri.
Li Xousheng vertolyotni o`tgan yili Ganchjou provinsiyasidagi uyida yig`a boshladi. U vertolyot uchun qishloq xo`jaligi motosikli dvigatelidan foydalandi. Fermerning uchar apparati zanglamas temirdan yasalgan. Shuningdek, vertolyotga tezlatkich, ulagich hamda joystik o`rnatilgan.
Vertolyot sinovdan o`tkazilganda uning erdan 40 sm balandlikka ko`tarila olishi ma`lum bo`ldi.