my5

ENDI HECh NARSANI UNUTMAYMIZ

Hi-tech 13.12.2017, 18:17
1804
ENDI HECh NARSANI UNUTMAYMIZ

Hayotimizda yuz beradigan hayajonli daqiqalar, xursandchiliklar va umrning eng mazmunli damlarini yodda saqlab, ularni eslaganda vaqt qanchalik tez va shiddat bilan o`tayotganiga amin bo`lamiz. Ammo ba`zan shu umrning eng mazmunli damlari yodimizdan ko`tariladi va u vaqtlarni qanchalik urinmaylik, eslay olmaymiz...

Janubiy Kaliforniya universiteti biotibbiyotshunoslik muhandisi Teodor Berger insonlarga xotirani tiklashda yordamlashuvchi ajoyib ixtironi yaratdi. Uning ixtirosi barchani o`ziga tortdi. Kichik qurilma yaxshi eshita olmaydiganlar taqadigan “eshitish moslamasi”ni esga soladi: quloqning orqasiga joylashtirilsa bas. Mazkur qurilma omma e`tiboriga havola qilishdan oldin sichqon va maymunlarda sinovdan o`tkazildi va ajoyib natijaga erishildi. Berger o`z ixtirosi haqida shunday deydi:

— Miyamizdagi kichik nervning ish uyg`unligini va neyronlar orqali ularni faollashtirish bilan yodimizdan chiqqan voqealarni asta-asta eslashimiz mumkin. Masalan, xonangiz kalitini qaerga qo`yganingizni eslay olmayapsiz va bilingki, kalitni qaerga qo`yganingiz nofaol holatga o`tgan. Shu paytda siz eslashga harakat qilasiz va mazkur qurilmaga ehtiyoj sezasiz. Bundan tashqari, bu qurilma xotirasini yo`qotgan odamlargaxotiralarini tiklashda juda katta yordam beradi. Bu ixtiro yaqin kelajakning buyuk ixtirosi, deb atalmoqda.Bergerning ixtirosi yanada takomillashtirish jarayonida ekanligi aytilmoqda va uning qachon sotuvga chiqishi hali e`lon qilinmadi.

Шарҳлар