Sevimli

​SOORONBOY JEENBEKOV ShAVKAT MIRZIYoEVGA «DANAKER» ORDENINI TANTANALI RAVIShDA TOPShIRDI

Siyosat 14.12.2017, 08:44
​SOORONBOY JEENBEKOV ShAVKAT MIRZIYoEVGA «DANAKER» ORDENINI TANTANALI RAVIShDA TOPShIRDI

Shavkat Mirziyoev Qirg`iziston Prezidentining birinchi tashrifi chog`ida imzolangan hujjatlar mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim omil bo`lishini qayd etdi.

Sooronboy Jeenbekov erishilgan kelishuvlar xalqlarimiz kutgan voqea bo`lganini, o`zaro munosabatlar tarixida qoladigan shunday xayrli ishlarga hissa qo`shganidan mamnun ekanini ta`kidladi.

Ma`lumki, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo`lidagi ulkan xizmatlari uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev «Danaker» ordeni bilan mukofotlangan edi. Qirg`izistonning oliy mukofotlaridan bo`lgan ushbu orden xalqlar o`rtasida tinchlik, do`stlik va hamkorlikni mustahkamlashga, millatlararo totuvlikni saqlashga, ilm-fanni rivojlantirishga, milliy madaniyatlarni yaqinlashtirish va boyitishga katta hissa qo`shgan insonlarga beriladi.

Danaker – yarashtiruvchi demakdir. Mukofot davlatimiz rahbarining O`zbekiston-Qirg`iziston munosabatlarini ravnaq toptirish, ikki mamlakat va ikki xalq o`rtasidagi do`stlik va yaxshi qo`shnilik aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash yo`lidagi xizmatlarining yuksak e`tirofidir.

Ko`ksaroy qarorgohida Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga «Danaker» ordenini tantanali ravishda topshirdi.

Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekovning mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Шарҳлар