Yaponiya TIV rahbari Fimio Kisida Moskvani Qrim mustaqilligini qabul qilganidan afsusda ekanligi va shu boisdan Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishini ma`lum qildi.
Vazirning rasmiy bayonotida aytilishicha, ular viza tuzumini engillashtirish to`g`risidagi konsultasiyalar, invesitision hamkorlik, koinotni o`rganishdagi hamkorlik hamda havfli harbiy faoliyatlarga yo`l qo`maslik to`g`risidagi muzokaralarni to`xtatilishini ko`rib chiqadilar.
“Yaponiya qatiyat bilan Rossiyadan xalqaro huquqlarga amal qilishini, Ukrainaning suverenitetini va hududiy butunligini, mamlakat birligini hurmat qilishni, Qrimning mustaqilligini tan olganini bekor qilishni hamda uni Rossiya Federasiyasi tarkibiga qo`shmaslikni talab qiladi”,- deyiladi rasmiy bayonotda. Shuningdek, Yaponiya tashqi ishlar vaziri Ukraina sharqidagi keskin vaziyat ortayotganidan chuqur havotir va afsusda ekanligini izhor qildi.
Avvalroq Rossiya hukumati rahbari Vladimir Putin Qrimni mustaqil davlat sifatida tan olish to`g`risidagi qarorga imzo chekdi hamda uni RF tarkibiga qo`shish to`g`risidagi shartnoma loyihasini ma`qulladi.