AsosiyDunyo

Qrim Rossiya Federasiyasi tarkibiga qo`shildi

18 mart kuni Rossiya va Qrim o`rtasida respublikani Rossiya Federasiyasi tarkibiga qo`shish to`g`risidagi shartnomaga imzo chekildi.

Bugun Rossiya Federasiyasi prezidenti Federal kengash bilan yig`ilish o`tkazdi hamda Qrim va Sevastopolni RF tarkibiga qo`shish to`g`risidagi qonunni ma`qullashni so`radi. “Federal kengashdan Rossiya tarkibiga ikki yangi sub`ekt  - Qrim Respublikasi hamda Sevastopol shahrini qo`shish to`g`risidagi konstitusion qonunni ko`rib chiqishni so`rayman”,- dedi Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin  Federal kengashga qarata qilgan bayonotida.

Vladimir Putin ushbu federal qonun Qrimda bo`lib o`tgan umumxalq referendumi natijalariga ko`ra, xalq istagi bilan kiritilayotganini aytib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar