my5
Sevimli

​899 NAFAR ShAXSLAR MA`MURIY JAVOBGARLIKDAN OZOD ETILDI

Jinoyat 16.12.2017, 01:05
​899 NAFAR ShAXSLAR MA`MURIY JAVOBGARLIKDAN OZOD ETILDI

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko`ra, o`tgan hafta davomida 2959 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi axborot xizmati xabar berdi.

O`tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to`g`ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga etkazilgan zararning o`rnini to`liq qoplagan 899 nafar tadbirkorlik subektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma`muriy javobgarlikdan ozod etildi.

Amaldagi qonunchilik talablarini qo`pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 2060 nafar shaxsga nisbatan 520,4 million so`m ma`muriy jarima qo`llanildi.

Shu jumladan:

- savdo va xizmat ko`rsatish qoidalarini buzgan 307 nafar shaxsga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 164-moddasiga asosan 45,9 million so`m, shundan:

a) xaridorga tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schet) bermasdan sotish (xizmat ko`rsatish) holatlari bo`yicha 201 nafar shaxsga nisbatan 30,1 million so`m;

b) nazorat-kassa mashinalarini qo`llash tartibiga rioya etmaslik holatlari bo`yicha 80 nafar shaxsga nisbatan 11,9 million so`m;

v) to`lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo`llash tartibiga rioya etmaslik holatlari bo`yicha 18 nafar shaxsga nisbatan 2,6 million so`m;

g) narxlarni asossiz ravishda oshirish holatlari bo`yicha 8 nafar shaxsga nisbatan 1,2 million so`m ma`muriy jarimalar;

- binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 57 nafar fuqaroga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 1591-moddasiga asosan 42,6 million so`m;

- uy-joyga doir mulk huquqini ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o`z vaqtida rasmiylashtirmagan 274 nafar fuqaroga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 160-moddasi 2-qismiga asosan 41,1 million so`m;

- daromadlar to`g`risida deklarasiyani soliq organiga o`z vaqtida taqdim etmagan 91 nafar fuqaroga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 174-moddasi 3-qismiga asosan 13,6 million so`m;

- noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullangan 173 nafar fuqaroga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 176-moddasi 1-qismiga asosan 25,9 million so`m;

- avtomobil transportida yo`lovchilar tashish faoliyati bilan lisenziyasiz shug`ullangan 36 nafar fuqaroga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 1763-moddasiga asosan 26,9 million so`m;

- soliq hisobotini soliq organiga o`z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 765 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismiga asosan 114,6 million so`m;

- debitorlik qarzi muddatlari o`tkazib yuborilgan korxonalarning 47 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 175-moddasi 3-qismiga asosan 70,3 million so`m;

- soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni to`lash uchun to`lov topshiriqnomasini xizmat ko`rsatayotgan bankka o`z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 310 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismiga asosan 139,2 million so`m ma`muriy jarimalar qo`llanildi.

Шарҳлар