Elektron qurilmalar bilan shaffof ekran hosil qilish uchun ko`p marotaba urinishgan. Ammo haligacha to`la tiniqlikka ega ekran yaratilmagan edi. Yaponiyaning Japan Display Inc kompaniyasi shaffofligi 80 foizga teng dunyodagi birinchi displeyni omma e`tiboriga havola etdi. Bugungacha yaratilgan mazkur sohadagi displeylarning tiniqlik darajasi 30 foizdan oshmasdi. Yaponiyaning Japan Display Inc kompaniyasi esa bundan ikki barobar tasvir koeffisientiga ega displeyni yaratishga erishdi. Displeyning to`liq imkoniyatlari mart oyida AQShda o`tkaziladigan SID (The Society for Information Display) ko`rgazmasida ishtirokchilar e`tiboriga havola etiladi. Japan Display Inc kompaniyasi mutaxassislaridan birining ta`kidlashicha, mazkur displey ushbu sohada kelajakka qo`yilgan eng katta qadam vazifasini o`taydi. Bu displeydan kelajakda elektron kitoblarda, aqlli soatlar, telefonlar va hattoki kompyuterlarda ham keng foydalanish mumkin. Ammo hozirda kompaniya bundan-da olamshumul ixtiro, ya`ni “Suyuq kristalli displey” yaratishga o`z e`tiborini qaratmoqda. Bu ixtiro yaratilsa, texnologiyalarning yangi asri paydo bo`ladi, deya ta`kidlashmoqda kompaniya xodimlari.