my5
Sevimli

National Gepgraphic Rossiyaning Qrim kiritilgan yangi xaritasini tayyorlamoqda

Dunyo 19.03.2014, 17:24
National Gepgraphic Rossiyaning Qrim kiritilgan yangi xaritasini tayyorlamoqda

AQSh milliy geografiya jamiyati mutaxassislari (National Geographic) xaritalarida Qrimni Rossiya tarkibida ko`rsatishni rejalashtirishdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Jamiyatning asosiy geografi Xuan Valdes Qrim va Sevastopolni RF tarkibiga kiritilishi to`g`risidagi shartnoma Rossiya parlamenti tomonidan ratifikasiya qilinishi ularni rasman Rossiyaning qismiga aylanishi ekanligini tushuntirdi.

 “Nima bo`lgan taqdirda ham xaritalar real voqeylikni ko`rsatishini ta`minlash uchun men dunyoda nima bo`layotganini kuzatib turishim kerak”,- deydi Valdes.

18 mart kuni Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin, Qrim Respublikasi davlat kengashi raisi Vladimir Konstantinov, respublika bosh vaziri Sergey Aksenov va Sevastopol shahri meri Aleksey Chalylar tomonidan Qrim Respublikasini RF tarkibiga qo`shish to`g`risidagi davlatlararo shartnoma imzolandi. Shuningdek, Vladimir Putin Rossiya parlamentidan ushbu hujjatni ratifikasiya qilishni so`radi. 

Шарҳлар