my5
Sevimli

​“O`ZBEKISTON ISLOM AKADEMIYaSINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA” O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI QARORI QABUL QILINDI

Siyosat 16.12.2017, 09:04
​“O`ZBEKISTON ISLOM AKADEMIYaSINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA” O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI QARORI QABUL QILINDI

Qarorga ko`ra, O`zbekiston Islom akademiyasida huzurida 2 yillik magistratura, 3 yillik tayanch doktorantura va 3 yillik doktorantura faoliyat yuritadi.

Shuningdek, Akademiyada mustaqil tadqiqotchilar uchun masofadan o`qish, tadqiqot ishlarini mustaqil olib borish imkoniyati yaratiladi, xorijdan doktorantlar va tadqiqotchilar o`qish va amaliyotga shartnoma asosida qabul qilinadi.

Magistraturaga oliy ta`lim muassasalarining kamida bakalavr darajasi diplomiga ega bo`lgan, Akademiyada tayyorlanadigan mutaxassisliklar ixtisosligiga mos keladigan yo`nalishlarni bitirgan O`zbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolari qabul qilinadi.

Akademiyada “Qur`onshunoslik”, “Fiqh ilmi”, “Hadisshunoslik” va “Kalom ilmi” mutaxassisligi bo`yicha magistrlarni, shuningdek ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanadi.

Шарҳлар