my5
Sevimli

​ShAVKAT MIRZIYoEV IBROIM YuSUPOV NOMIDAGI MAKTAB-INTERNATI FAOLIYaTI BILAN TANIShDI

Siyosat 16.12.2017, 11:37
​ShAVKAT MIRZIYoEV IBROIM YuSUPOV NOMIDAGI MAKTAB-INTERNATI FAOLIYaTI BILAN TANIShDI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

Bugun davlatimiz rahbari tashrifni Nukus shahrida yangi qurilgan Ibroim Yusupov nomidagi maktab-internati faoliyatining tanishuvidan boshladi. Prezidentning tashabbus va ko`rsatmalari asosida bunyod etilgan mazkur ta`lim muassasasi barcha zamonaviy talablarga ega bo`lib, bu erda o`quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Shavkat Mirziyoev shu erning o`zida bir guruh iqtidorli o`quvchilar, ta`lim dargohi o`qituvchilari bilan samimiy muloqot qildi.

Шарҳлар