my5
Sevimli

ShAVKAT MIRZIYoEV IJODKOR BOLALAR BILAN SUHBATLAShDI

Siyosat 16.12.2017, 11:47
ShAVKAT MIRZIYoEV IJODKOR BOLALAR BILAN SUHBATLAShDI

Shavkat Mirziyoev ijodkor bolalar bilan suhbatlashdi Prezident Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog`istonga tashrifining ikkinchi kuni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktab-internatiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari joriy yil 21 yanvar kuni Nukus shahrida Qoraqalpog`iston va O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi maktab bunyod etish, maktab oldida shoir haykalini o`rnatish, bosmaxona tashkil qilish zarurligini ta`kidlagan edi.

Shunga muvofiq Nukusda uch qavatli zamonaviy maktab barpo etilgan. Ibroyim Yusupov haykali o`rnatilgan joy ijodkorlar, yoshlar uchun yana bir xiyobonga aylangan. Maktab qoshida kitoblarni tarjima qilish va chop etish markazi ham tashkil etilgan.

Prezidentimiz bu erda o`qituvchi va o`quvchilar, qoraqalpog`istonlik adiblar bilan uchrashdi.

Maktab o`quvchilari Ibroyim Yusupov she`rlaridan o`qib berdi.

Shavkat Mirziyoev bu erni ma`naviyat maskaniga aylantirish, atoqli shoir va yozuvchilarimiz ijodini xalqimizga va butun dunyoga tarannum etish zarurligini ta`kidladi. Buning uchun mamlakatimizning boshqa hududlarida tashkil etilgan Ibrat, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf nomidagi maktablar bilan aloqalar o`rnatish, ular o`rtasida ijodiy tanlovlar o`tkazish kerak.

Jamiyatda kitobsevarlik muhitini shakllantirish, ayniqsa, yoshlarni kitobga qaytarish zarur.

Prezidentimiz maktab-internatda yaratilgan sharoitlarni ko`zdan kechirdi. Maktab jamoasiga avtobus sovg`a qilish bo`yicha ko`rsatma berdi.

Шарҳлар