my5
Sevimli

YaKKASAROY TUMANIDA QO`ShMAChILIK QILGAN AYoL QO`LGA OLINDI

Jinoyat 16.12.2017, 11:54
YaKKASAROY TUMANIDA QO`ShMAChILIK QILGAN AYoL QO`LGA OLINDI

Yakkasaroy tumanida o`tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbirida Yakkasaroy tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda qo`shmachilik qilgan ayol qo`lga olindi.

Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yakkasaroy tumanida 14 dekabr kuni soat 21.00 larda, Sh.Rustaveli ko`chasi 136B-uy oldida, 1976 y.t., Toshkent viloyati, Bo`ka tumani, G.Azamatov MFYda yashovchi S.M., 1986 y.t., Xorazm viloyati, Xazorasp tumani, Pitnak qishlog`ida yashovchi R.Q. bilan 1993 y.t., Toshkent viloyati, Qibray tumani, Ota ko`chasi 13-uyda yashovchi Sh.G.larning jinsiy aloqa qilishlari uchun 400.000 so`m pul evaziga sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ushlandi.

Daliliy ashyo sifatida 400.000 so`m pul olindi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.M.ga nisbatan Yakkasaroy tuman IIB tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 131-m. 1-q. bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Шарҳлар