my5
Sevimli

​MAHALLIYChILIKKA YO`L QO`YGAN FUQAROLAR JAVOBGARLIKKA TORTILDI

Jinoyat 18.12.2017, 09:49
​MAHALLIYChILIKKA YO`L QO`YGAN FUQAROLAR JAVOBGARLIKKA TORTILDI

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 18-moddasida “O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar, qonun oldida tengdirlar” deb qat`iy belgilab qo`yilgan.

Joriy yilning 3 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Poytaxt” savdo majmuasi yonida Toshkent shahrida ro`yxatdan o`tgan “Lexus” rusumli avtomashina egasi va uning yonida o`tirgan ayol Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridan Toshkent shahriga ishlash uchun kelgan ikki nafar fuqaroni “Bu er toshkentliklarning joyi, biz bu erga soliq to`laymiz, sizlar kelgindilar” deb haqorat qilgan.

Ushbu holat bo`yicha tegishli ichki ishlar organlariga murojaat qilingan.

Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, haqorat qilgan fuqarolar Toshkent shahrida yashovchi fuqarolar N.Askarov va J.Tolipovalar (familiyalar o`zgartirilgan) bo`lishgan.

Mazkur nohush holatlar bo`yicha joriy yilning 14 dekabr kuni Toshkent shahar Mirobod tuman ma`muriy sudi tomonidan ochiq sud majlisi o`tkazilib, huquqbuzarlar O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortildilar.

Шарҳлар